Asosiy kontentga oʻtish

Yangilik

SHAYXONTOHUR TUMANIDA KOʻL VA YASHIL HUDUDLARNI OʻZ ICHIGA OLGAN YANGI BOGʻ BARPO ETILADI

Loyihaga koʻra, bu yerda koʻl va koʻkalamzor maydonlar tashkil etilib, oilaviy hordiq chiqarish, bolalar bilan sayr qilish hamda sport bilan shugʻullanish uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

SHAYXONTOHUR TUMANIDA KOʻL VA YASHIL HUDUDLARNI OʻZ ICHIGA OLGAN YANGI BOGʻ BARPO ETILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxontohur tumanida barpo etilishi rejalashtirilgan yangi istirohat bogʻi hududini koʻzdan kechirdi.

Loyihaga koʻra, bu yerda koʻl va koʻkalamzor maydonlar tashkil etilib, oilaviy hordiq chiqarish, bolalar bilan sayr qilish hamda sport bilan shugʻullanish uchun barcha qulayliklar yaratiladi.

Ta’kidlanganidek, Toshkentning issiq iqlimi sharoitida suv havzalari, daraxtlar va soya-salqin joylarning koʻpaytirilishi aholi turmush sifatiga bevosita ta’sir koʻrsatadi.

Shuningdek, poytaxtning barcha tumanlarida yangi istirohat bogʻlarini tashkil etish, mavjud yashil hududlarni asrab-avaylash va ekologik toza maskanlarni koʻpaytirish zarurligi qayd etildi.

E'lon qilingan: