Xalqaro hamkorlik
SUV SOHASIDA XALQARO HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI BOSHLANDI
Hujjatni Markaz direktori Jaloliddin Usmanov va SIWI ijrochi direktori Helena Taybel imzoladi.

Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi hamda Stokgolm xalqaro suv instituti (SIWI) oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur hujjat Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish, suvdan barqaror va samarali foydalanish hamda institutsional salohiyatni mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish uchun hamkorlik asoslarini belgilaydi.
Hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari:
🔹 suv va iqlim diplomatiyasini rivojlantirish;
🔹 transchegaraviy suv hamkorligini mustahkamlash;
🔹 suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish;
🔹 iqlim oʻzgarishiga moslashuv va chidamlilikni oshirish;
🔹 suvdan barqaror va samarali foydalanish;
🔹 nizolarning oldini olish va umumiy suv resurslarini hamkorlikda boshqarish.
Memorandum doirasida davlat xizmatchilari, soha mutaxassislari, yosh tadqiqotchilar va talabalar uchun oʻquv kurslari, malaka oshirish dasturlari, yozgi maktablar, seminarlar va oʻquv tashriflarini tashkil etish koʻzda tutilgan.
Shuningdek, tomonlar qoʻshma tadqiqotlar olib borish, bilim va tajriba almashish, ilmiy nashrlar tayyorlash, konferensiyalar, davra suhbatlari hamda siyosiy muloqotlarni oʻtkazish boʻyicha hamkorlik qiladi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Xalqaro hamkorlik
SUV SOHASIDA BARQAROR RIVOJLANISH MARKAZI HAMDA FINLYANDIYA SUV FORUMI OʻRTASIDA HAMKORLIK YOʻLGA QOʻYILADI
Hujjat Oʻzbekistonda suv xavfsizligini mustahkamlash, sohaga yoʻnaltiriladigan investitsiyalarni samarali boshqarish hamda Finlyandiyaning ilgʻor tajriba va texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlik
SUV BOSHQARUVI VA DIPLOMATIYASI BOʻYICHA FINLYANDIYA TAJRIBASI OʻRGANILDI
Muloqotlarda suv resurslarini boshqarish boʻyicha davlat siyosati, idoralararo muvofiqlashtirish, xalqaro suv strategiyasi, suv diplomatiyasi va transchegaraviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalqaro hamkorlik
OʻZBEKISTON DELEGATSIYASI FINLYANDIYANING SUV VA EKOLOGIK TEXNOLOGIYALARI BILAN TANISHDI
Tashrif yakunida ilgʻor fin ilmiy va texnologik yechimlarni Oʻzbekiston sharoitida qoʻllash, tajriba almashish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha amaliy hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
