Yangilik
SUV TEJAMKOR TEXNOLOGIYALAR OROLBOʻYIDA BOGʻDORCHILIKNI RIVOJLANTIRMOQDA
Orolboʻyining ogʻir iqlimi va shoʻr tuprogʻi sharoitida tashkil etilgan bogʻda suv tanqisligi muammosiga samarali yechim topilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bogʻida yoʻlga qoʻyilgan zamonaviy agrar tajriba bilan tanishdi.
Orolboʻyining ogʻir iqlimi va shoʻr tuprogʻi sharoitida tashkil etilgan bogʻda suv tanqisligi muammosiga samarali yechim topilgan. Maydonda yopiq drenaj va tomchilatib sugʻorish tizimlari joriy etilgan.
Oddiy sugʻorishda bir gektar yerga 12 ming litr suv sarflansa, yangi tizimda bu koʻrsatkich bor-yoʻgʻi 5 ming litrni tashkil etmoqda. Natijada suv 60 foizgacha tejalmoqda. Tomchilatib sugʻorishda suv bevosita ildizga yetkazilib, tejaladi. Mineral oʻgʻitlarning 90 foizigacha oʻzlashtirilishi esa hosildorlikni oshiradi. Tizim toʻliq avtomatlashtirilgani sababli yuzlab gektar maydonni birgina operator boshqarishi mumkin.
330 gektarli bogʻning 69 gektariga shoʻrga chidamli 250 ming tup qora olxoʻri ekilgan. Daraxtlar orasida pomidor ham yetishtirilmoqda. Kelgusida Qoraqalpogʻistonda intensiv bogʻlar maydoni 10 ming gektarga yetkaziladi.
E'lon qilingan:
Shunga oʻxshash materiallar

Yangilik
BMT BOSH ASSAMBLEYASI 81-SESSIYASIDA OʻZBEKISTONNING POZITSIYASI BILDIRILDI
Nutqda Markaziy Osiyodagi tub oʻzgarishlar, Oʻzbekistondagi islohotlar, ekologiya va Orol fojiasi, sun’iy intellekt taraqqiyoti, qonun ustuvorligi hamda inson huquqlarini ta’minlash masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

Yangilik
ANDIJONDA YILIGA 100 TA KICHIK GES MAJMUASI ISHLAB CHIQARILADI
Togʻli va suv resurslariga boy Markaziy Osiyo davlatlarida bunday uskunalarga talab yuqori.

Yangilik
XITOYDA BIRINCHI SUV OSTI QUYOSh ELEKTR STANSIYASI SINOVDAN OʻTKAZILDI
Texnologiya asosini 10 metr chuqurlikda ishlashga moʻljallangan, qoʻrgʻoshin galogenidlari asosidagi perovskit tuzilishiga ega fotoelektr tizim tashkil etadi.
