Mamlakat platformasining uchinchi davra suhbati

Uzbekistan Country Platform 3rd Roundtable
“Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya” boʻyicha Ishchi guruhining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv masalalariga bagʻishlangan yigʻilishi oʻtkazildi.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining “Natijalarga erishish” “Delivery Unit” ofisi hamkorlikda joriy yil 11 - oktabrda “Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya” boʻyicha Ishchi guruhining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv masalalariga bagʻishlangan yigʻilishi oʻtkazildi.
Mazkur yigʻilishda:
– ichimlik suv ta’minoti va oqova suv chiqarish sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish;
– loyihalar doirasidagi qurilish ishlarida manfaatdor tomonlarni ishtirokini kengaytirish;
– jamoatchilik baholash tizimini joriy etish;
– onlayn tarzda tender savdolarini oʻtkazish;
– amalga oshirilayotgan loyihalarda shaffoflikni oshirish;
– loyihalar doirasida barpo etilgan tizimlarni saqlash masalalari muhokama etildi.
