Muvofiqlashtiruv yigʻilishi (17.11.2025)
17-noyabr, 2025

Suv xoʻjaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya masalalari boʻyicha tarmoq ishchi guruhiining 5-chi yigʻilishi
Xalqaro konferensiya doirasida suv xoʻjaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya masalalari boʻyicha tarmoq ishchi guruhining 5-yigʻilishi oʻtkazildi. Mazkur tadbir davlat organlari, vakolatli idoralar, sohaviy ekspertlar va xalqaro hamkorlardan iborat tarmoq ishchi guruhi a’zolarini birlashtirib, suv xoʻjaligi sohasidagi asosiy strategik va normativ-huquqiy tashabbuslar muhokamasiga bagʻishlandi.
Yigʻilish ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2025–2028-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi hamda uning ustuvor yoʻnalishlari va xalqaro donorlar tashabbuslari bilan muvofiqlashtirish yoʻnalishlarini belgiladi. Alohida e’tibor suvdan foydalanish samaradorligini oshirish, sohani barqaror moliyalashtirish va aholining toza suv va sanitariyaga kirishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshma loyihalarni muvofiqlashtirish masalalariga qaratildi.
Shuningdek, yaqinda qabul qilingan Suv sohasidagi Gender konsepsiyasida koʻrsatilgan monitoring va baholash indikatorlari bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar eng yaxshi amaliyotlarni joriy qilish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi va mamlakatda suv resurslarini boshqarish, suv ta’minoti va sanitariya sohasida gender tengligini ta’minlash boʻyicha keyingi qadamlarni belgiladi.
Yigʻilishda Zokir Ishpulatov, suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari va Tarmoq ishchi guruhi hamraisi, Ozoda Juraeva, Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirining oʻrinbosari, Nodir Xoʻjamov, AJ «Oʻzsuvta’minot» boshqaruvi raisi oʻrinbosari va Andrin Fink, Tarmoq ishchi guruhini rivojlantirish boʻyicha yetakchi hamkor, Shveytsariya elchixonasi missiyasi rahbarining oʻrinbosari ishtirok etdi.
Yigʻilish davlat organlari va xalqaro hamkorlar oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash, innovatsion yechimlarni ilgari surish va Oʻzbekistonda suv resurslarini samarali boshqarish uchun platforma yaratadi.
Information
Proceedings
Presentations
- Water Strategy 2025-2028 EN Water Strategy 2025-2028 RU Key Activities in the Water Supply and Wastewater Disposal Sector
---
