Asosiy kontentga oʻtish

Oʻzbekistonda suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya boʻyicha Tarmoqlararo ishchi guruhning 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Muvofiqlashtiruv yigʻilishlari
Oʻzbekistonda suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya boʻyicha Tarmoqlararo ishchi guruhning 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Suv ta’minoti, sanitariya va suvni tejash masalalari muhokama qilindi

2026-yil 12-oktabr kuni Toshkent shahrida Suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya boʻyicha Tarmoqlararo ishchi guruhining yettinchi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, "Oʻzsuvta’minot" AJ vakillari, xalqaro tashkilotlar hamda rivojlanish boʻyicha hamkorlar ishtirok etdi.

Yigʻilishni Tarmoqlararo ishchi guruhi hamraislari — Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Zokir Ishpoʻlatov hamda "Oʻzsuvta’minot" AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Islom Abdullaev ochib berdilar.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Ozoda Joʻrayeva hamda Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakili, Hamkorlik boʻlimi rahbari Andrin Fink ishtirokchilarga qutlov soʻzlarini yoʻlladilar.

Yigʻilish davomida 2026-yilgi Suvni tejash boʻyicha xalqaro forum boʻyicha dastlabki tashkiliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikni davom ettirish va belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha keyingi qadamlarga e’tibor qaratildi. Shuningdek,2030-yilgacha ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini takomillashtirish strategiyasi loyihasi taqdim etildi. Loyiha yuzasidan asosiy yondashuvlar va kelgusidagi vazifalar ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Yigʻilishda, shuningdek, Oʻzbekistonda suv ta’minoti, sanitariya va gigiyena sohasidagi JTI loyihasining uch yillik faoliyati natijalari va erishilgan yutuqlari taqdimoti oʻtkazildi.

Tadbirning muhim qismlaridan biri Tarmoqlararo ishchi guruhi hamraisligini Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligidan Osiyo taraqqiyot bankiga rasmiy topshirish marosimi boʻldi.

Yigʻilish davomida ishtirokchilar dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, suv resurslari, suv ta’minoti va sanitariya sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha keyingi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.

Tadbir yakunida asosiy xulosalar sarhisob qilinib, keyingi qadamlar va ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tarmoqlararo ishchi guruhining yettinchi yigʻilishi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va rivojlanish boʻyicha hamkorlar oʻrtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, suv resurslaridan samarali foydalanish, ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya sohalaridagi hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun muhim muloqot maydoni boʻlib xizmat qildi.

Proceedings

Final SWG7 Invitation letter 14092026 EN