Muvofiqlashtiruv yigʻilishi (14.09.2023)
14-sentabr, 2023

Suv xoʻjaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya masalalari boʻyicha tarmoq ishchi guruhining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi
2023 yil 14 sentabr kuni Suv xoʻjaligi, suv ta’minoti va kanalizatsiya masalalari boʻyicha tarmoq ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining majlislar zali barcha manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, rivojlanish boʻyicha xalqaro hamkorlar vakillarini jamladi. Uchrashuvni an’anaviy tarzda Oʻzbekiston Respublikasidan asosiy hamkorlar – Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi vakillari, shuningdek, Oʻzbekistondagi Shveytsariya Konfederasiyasi elchixonasi vakillari olib bordilar. Bu donor tashkilotli turli formatlarda bir necha yillardan buyon mamlakat suv xoʻjaligini isloh qilish masalalarini muvofiqlashtirishga samarali hissa qoʻshib kelmoqda.
Yigʻilishda Axborot-tahlil va resusrs markazi (ATRM) va Shveytsariya elchixonasining tarmoq ishchi guruhi tomonidan avvalgi yigʻilishdan buyon amalga oshirilgan ishlarning borishi toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi. Xususan, loyiha matritsasining umumiy koʻrinishi taqdim etildi.
Suv xoʻjaligi vazirligi ishchi guruh a’zolariga Suv kodeksini ishlab chiqish holati toʻgʻrisida ma’lumot berdi. Suv xoʻjaligi vazirligining joriy suv xoʻjaligi strategiyasini amalga oshirishdagi yutuq va muammolar, investitsiya loyihalari toʻgʻrisidagi axboroti yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi vakillari Oʻzbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda erishilgan yutuq va muammolar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, texnik ishchi guruhlari (i) gender tamoyillarini hisobga olish, (ii) energiya samaradorligi, DVSh.va tariflar va (iii) sanitariya kabi sohalardagi yangiliklar bilan tanishtidilar.
Savollarga javob bergandan soʻng, Shveytsariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Missiya rahbari movuni/Hamkorlik boʻlimi boshligʻi Raxel Boesch xonim yigʻilishni yakunlab, tarmoq guruhining navbatdagi qadamlarini belgilab berdi. Xususan, “Mamlakat platformasi” davra suhbatini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
