Asosiy kontentga oʻtish

Muvofiqlashtiruv uchrashuvi (31.05.2022)

31-may, 2022

Muvofiqlashtiruv yigʻilishlari
Muvofiqlashtiruv uchrashuvi (31.05.2022)

Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi SDC

Oʻzbekiston Respublikasi Suv Xoʻjaligi Vazirligi

SUV XOʻJALIGINI RIVOJLANTIRISH BOʻYICHA HAMKORLAR UCHRASHDI

2022 yil 31 may kuni poytaxtimizda Suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha hamkorlarni muvofiqlashtirish Tarmoq ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimiz suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirishda xalqaro va donor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Bu borada koʻplab gʻoya va loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.

Suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha hamkorlarning oʻzaro muloqot maydoniga aylangan Tarmoq ishchi guruhining yigʻilishi 2015 yildan buyon muntazam oʻtkazib kelinadi.

Uning tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xalqaro va donor tashkilotlar kiritilgan. Asosiy vazifasi suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish uchun samarali hamkorlikni ta’minlash hamda faoliyatni muvofiqlashtirish uchun donorlar va hukumat oʻrtasida muloqotlarni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Yigʻilishda Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi rahbari B.Kamalov suv xoʻjaligini rivojlantirish Kontseptsiyasi va Strategiyasi doirasida olib borilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib oʻtdi.

-Oʻzbekiston hukumati tomonidan olib borilayotgan islohotlarga koʻmakdosh boʻlishga tayyormiz, - dedi Oʻzbekistondagi Shveytsariya elchixonasining hamkorlik boʻlimi boshligʻi Rahel Byosh. – Shu maqsadda bugun bu erga turli vazirlik, idoralar hamda xalqaro va donor tashkilotlar vakillari toʻplangan.

Respublikamiz suv xoʻjaligida amalga oshirilayotgan grant loyihalarni muvofiqlashtirish, loyihalar doirasidagi tadbirlar bir-birini takrorlashining oldini olish, samaradorlikni oshirish maqsadida oʻtkazilgan yigʻilish ishtirokchilari kun tartibidagi masalalarni muhokama qildilar

Tadbir Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi koʻmagida tashkil etildi.

Proceedings

Presentations

Media

Photos Zoom VideoTV Coverage